Главная | Регистрация | Вход

FAQ

Главная » FAQ [ Добавить вопрос ]



Men 1990 yili tugilganman, onam bilan birga turaman otam yuqlar. Bundan 3
yil avval turmishga ciqgandim, onam bir oylada ishlaydi usha oyladan sovchi
kelganda onam meni xursand bola ularga uzatdi, men tugrisi avvaliga juda xam
xoxlamagandim u oylaga kelin bolishni, chunki boy va kambagal deb ajratishidan
qurqgandim. Onamni kuyinishlari bilan rozi boldim va turmishga chiqdim. Tuydan
song ozimni baxtlidek xis qilardim qaynanam juda xam mexribon edi, lekin kop
otmasdan quvonchlik kunlarim qayguga aylandi.

Turmish urtogim uylanmasdan avval
boshqani sevgan ekan lekin onalarin xoxlamagan va menga uylantirgan
ekan.Turmish urtogim esa jaxl bilan unga yashirincha nikox uqitgan va birga
yashashar ekan. Tuydan song bu xaqda eshitib juda xam xafa boldim lekin vaqt
otib ketgan edi qolaversa orqaga qaytib bolmaydi deb kancha qiyin bolmasin
ichimga yutib rozi bolib yashiman dedim. Turmish urtogim men bilan qachondir
ajrashib ketishini va birga bolaolmasligin aytdi. Bu borada 1 yil birga
yashadik, bir yildan song sudga ajrashaman deb ariza yozdi. Qaynanam qancha qarshi
bolmasin ajrashdik,men xam onamni uyiga ketishimdan ozga choram qolmagandi...



Ajrashganimdan bir oz utgandan song ishlay boshladim,ozimni
chalgitish va kelajakga intilish uchun.
Ish joyimda mendan 4 yosh kotta bola
ishlardi umenga ozgacha mexribon va gamxorlik qilardi. Tugrisi avvaliga men
ozimni chetga oldim chunki tanimagan odamning mexribon bolishligi yoqmasdi. Bu
borada ancha vaqt birga ishladik va bundan bir necha oy avval u bola menga meni
yaxshi korishini va qarshi bolmasam sovchi yubormoqchi ekanin aytdi.


Avvaliga
shok xolatida edim uyladim u meni turmish qurganimda xabardor bolmas kerak
deb.Unga bu xaqda aytdim va u xammasini bilar ekan. Men xaqimda sorab
surishtirgan ekan....


Men xozirda ozimni aybdor va gunoxkordek bilyapman iltimos
Sardor aka singlingizga maslaxat qilgan kabi menga xam maslaxat bering qande
yul tutay nima qilay bir marta xayot yulida adashdim endi adashgim
kelmidi, qolaversa uzimni uylab uylanmagan bir yigitni xam baxtsiz qilgim
kelmaydi.

Iltimos juda xam maslaxatga muxtojman u bolaga na radjavob qildim,na
rozilik. Meni tugri tushunasizlar deb umid qilaman bu borada xech kim bilan
maslaxatlasha olmaganim uchun sizlarga yozdim.

Iltimos maslxat
beringlar.



Men seni sog’inib zor-zor yig’ladim,
Sevgimni etolmay izhor, yig’ladim,
Rasmingga termulib, bedor yig’ladim,
Hajringda tunu-kun chekarman ozor,
Men seni sog’inib zor-zor yigladim.

Sevib sevilmagan yuragim manim,
Yor, senga bo’lmasa keragim manim,
Sarobga aelandi tilagim manim,
Senga iltijolar qilarman bu kun,
Men seni sog’inib zor-zor yigladim.

Ishqingda horlarga sarbon bo’layin,
Bir umr qalbingda armon bo’layin,
Ishqing yo’llarida qurbon bo’layin,
Zimiston tuningda zyo bo’layin,
Men seni soginib zor-zor yigladim.



ЎЗБЕК ЖУЛЬЕТТАСИ КУЙЛАЙ БОШЛАДИ...КУЙЛАБ ТАНИЛА ОЛАРМИКАН?

Кино оламида Жульетта бўлиб танилган актриса Заринанинг Шаҳриёр билан бирга куйлаган "Исми юрагимда” дуэти ёш мухлисларга манзур бўлганди. Тан олиш керак, Заринанинг овози ёмон эмас. Айни кунда актриса бир талай сценарийларга кўмилиб кетган. Қолаверса, тиниб-тинчимаган бу қиз яқин кунларда кино майдончасидан бўш вақтларини ҳисобга олиб, янги бир таронани яратишга жазм этмоқчи. Кўрамиз, кино соҳасидаги машҳурлик қўшиқчилик соҳасига қай даражада кўча оларкин? Заринанинг янги қўшиғи ҳақидаги маълумотлар ҳақида эса сизни албатта, қўшиқ тайёр бўлганидан сўнг таништирамиз.

***

ҚИШДАН ЧАРЧАБМИ...БАҲОРНИ СОҒИНГАН

Ҳадемай қиш фасли ҳам ортда қолиб, баҳорой ўзининг ям-яшил гиламини замин узра ёяди. Хонандаларимиз эса баҳорни қаттиқ соғинишган кўринишади, баҳорга тайёргарлик бошқача. Мана, Дилноза Исмияминова ҳам худди бошқа ҳамкасблари каби яқинда "Баҳор” ҳақида куйлади. Ушбу қўшиқнинг матни ҳам, мусиқа муаллифи ҳам Дилшод Аҳмадшоҳники. Эҳтимол хонанда қўшиғини "Наврўз” байрамида куйлаб берар?!

****



НЕГА ЛАЙЛО, СЕВИНЧ ЭМАС?! ШАРОФНИНГ МУҲАББАТИ ЁЛҒОНМИ?!
Санъат оламида Лайлининг ишқида ёниб куйламаган хонанда бўлмаса керак. Яқинда хонанда Шароф Муқимов ҳам "Азия” студиясини банд этганча "Ҳо Лайли” қўшиғини куйлади. Қўшиқнинг матн ва мусиқа муаллифи Шерзод Нуралиев бўлиб, бу қўшиқ тез кунларда радиотўлқинлар ва телеканаллар орқали янграши кутиляпти. Қизиқ, Шароф нега Севинч эмас, Лайли дея куйлаяпти экан-а? Бу саволга қўшиқни тингласангизгина жавоб топишингиз мумкин.